AsosiyJamiyat

So`nggi 9 oy davomida O`zbekistonda 184 469 ta nikohlar qayd etildi

'So`nggi 9 oy davomida O`zbekistonda 184 469 ta nikohlar qayd etildi'ning rasmi

2023 yilning 9 oyi davomida FHDYo organlari tomonidan respublika bo`yicha 184 469 ta nikohlar qayd etilgan. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12 730 taga kam.

Shular jumlasidan:

— er va xotin 30 yoshgacha bo`lganlar o`rtasida - 155 072 ta

— er va xotin 50 yoshdan oshganlar o`rtasida  - 1 104 ta

Hududlar kesimida:

— 30 yoshgacha bo`lganlar o`rtasida Samarqand viloyati eng yuqori ko`rsatkichni qayd etdi.

— 50 yoshdan oshganlar o`rtasida Toshkent shahar eng yuqori ko`rsatkichni qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar