1

Andijonda pul evaziga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan tez yordam dispetcheri va iqtisodchisi ushlandi

Jinoyat 13.10.2023, 15:46
Andijonda pul evaziga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan tez yordam dispetcheri va iqtisodchisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda RTTYoM Andijon viloyati filiali “Call-markazi” dispetcheri M.A. fuqaro M.Q.ni 1 500 AQSh dollari evaziga ushbu “Sall-markazi”ga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda RTTYoM Andijon viloyati filiali iqtisodchisi D.U. o`z xizmat xonasida M.A.dan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1