12 oktyabr kuni “Alisher Navoiy” metro bekatida xizmat qilayotgan IIO xodimi O.Ilhomov qiz elektr poezdi stansiyaga yaqinlashayotgan paytda relsga sakrab tushganini payqab qolgan.
Xodim darhol unga yordamga shoshilgan va relsga sakrab tushib uni ko`tarib tortib olishga harakat qilgan.
Mashinist xodimni payqab, darhol elektr poezdini to`xtatgan. Bu vaqtda ikkinchi nazoratchi xodimi A.Asqarov yordamga etib kelgan va u ham relsga tushib, qizni birgalikda platformaga ko`tarib olishgan.
Shundan so`ng poezdlar harakati tiklangan. Qiz bilan suhbat o`tkazilganda, u 2005 yilda Farg`ona viloyatida tug`ilgani, hozirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi ekani ma`lum bo`lgan.
Qizga tibbiy yordam ko`rsatilib, uning qarindoshlariga ushbu voqea haqida xabar berilgan.
Voqea sodir bo`lganidan so`ng, stansiyada joylashgan kuzatuv kameralaridagi videoyozuv tekshirilganda voqea vaqtida qiz o`zini noodatiy tutgani aniqlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






