Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo`yicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o`tkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida xususiy avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalarida o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 225 ta holatda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.
Natijada jami 179 million 39 ming litr neft mahsulotlarining 9 million 150 ming litri sifatsizligi bois iste`molga chiqarilmadi.
Sifatsiz neft mahsulotlari eng ko`p aniqlangan holatlar, asosan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.






