Qirg`izistonning Bishkek shahrida kriminal avtoritet Qamchibek Ko`lboevning o`limi uchun qasos olishga borgan o`zbekistonliklar ushlandi, deb xabar berdi mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi.
Xabarga ko`ra, ular Qirg`iziston va O`zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o`tganidan so`ng qo`lga olingan: ular bir qator qotillikka aloqadorligi uchun qidiruvda ekani ma`lum bo`lgan.
Gumonlanuvchilar “buyurtma”ni jinoiy guruh vakillari bergani haqida guvohlik berishgan va 13 oktabr kuni ular O`zbekiston maxsus xizmatiga topshirilgan.
Ma`lumot uchun, kriminal avtoritet Qamchibek Ko`lboev 4 oktyabr kuni Bishkekda o`tkazilgan maxsus operasiya davomida o`ldirilgan edi.






