AsosiyJamiyat

Samarqandda Global investisiya forumi o`tkaziladi

'Samarqandda Global investisiya forumi o`tkaziladi'ning rasmi

Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investisiya forumi va ko`rgazma tashkil etiladi. 17–18 oktyabr kunlari o`tkaziladigan forumda vazirlar va xalqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida muhokamalar, 5 ta panel sessiyasi hamda 22 ta taqdimot o`tkazilishi rejalashtirilgan. 

Forum davomida O`zbekistonning 14 ta hududi mavjud turistik-investision salohiyati, 3 ta turistik-rekreasion zona (Zomin, Chorvoq, Chimyon), Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, 4 ta startap loyihalari (Yaponiya, Chexiya, Fransiya va Braziliya) namoyish etiladi. Bundan tashqari, Turizm qo`mitasi, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ, “O`zbekiston aeroportlari” AJ va “Uzbekistan vertolyotlari” MChJlarning stendlari tashkil qilinadi.

Qolaversa, umumiy qiymati 2 mlrd dollarlik istiqbolli loyihalar manzilli ro`yxati shakllantirilib, investorlarga  taqdim etiladi.

Ma`lumot uchun, UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasida 120 dan ortiq yirik xorijiy investorlar hamda 500 dan ortiq yirik mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar