Avvalroq, Muborak tumanida avtobusda o`rnatilgan gaz balloni portlab, avtobusga va odamlarga jiddiy shikast etgani haqida xabar bergan edik.
Qashqadaryo viloyati SSB jabrlanganlarning ahvoli haqida ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, Muborak tumani tibbiyot birlashmasiga 15 oktyabr kuni soat 17:30 lar atrofida 24 nafar bemor olib kelingan. Shundan 16 nafariga ambulator yordam ko`rsatilib, uyiga javob berilgan. 4 nafar bemor turli jarohatlar bilan jarrohlik bo`limida nazoratda qoldirildi. 4 nafar bemor reanimasiya bo`limiga yotqizilib, jarrohlik amaliyoti o`tkazildi. Vafot etganlar yo`q.
Vaziyat viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasining qat`iy nazoratiga olingan.






