Samarqand shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 16 oktyabr kuni kechasi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Pekin shahrida “Bir makon, bir yo`l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Shuningdek, XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazish rejalashtirilgan.






