Samarqandda o`tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida Samarqandga “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” maqomini berish to`g`risida deklarasiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to`g`risida bitim qabul qilindi.
Hujjatlar O`zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim o`zgarishi vaziri A.Abduhakimov va YuNVTO bosh kotibi Z.Pololikashvili tomonidan imzolandi.






