AsosiyJamiyat

Yoshlar siyosati va sport vazirligining rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchradi

'Yoshlar siyosati va sport vazirligining rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchradi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yoshlar siyosati va sport vazirligining rasmiy sayti xakerlar tomonidan buzib kirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat bo`yicha Yoshlar siyosati va sport vazirligi rasmiy munosabat bildirgan.

Vazirlik rasmiy veb saytining kiberhujumga uchragani bo`yicha Kiberxavfsizlik markazi bilan birgalikda dastlabki tezkor o`rganishlar o`tkazilib, saytdagi bo`shliqlar to`ldirilgan. Kiberhujum oqibatida jiddiy talafot ko`rilmagan.

Hozirda vazirlik rasmiy veb-saytini kiberhujumlarga qarshi himoyalash yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda.

 


 

 

    Boshqa yangiliklar