AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda o`lgan ikki ishchiga “spravka” berish uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi (video)

'Qoraqalpog`istonda o`lgan ikki ishchiga “spravka” berish uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Qambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimi qizilmiya ildizini qayta ishlashga ixtisoslashgan xususiy korxonada sodir bo`lgan yong`in oqibatida vafot etgan 2 nafar ishchining shartnoma asosida qonuniy ishlaganliklari haqida xulosa berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar