AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar uchun aviachiptalarga 25% chegirma e`lon qildi

'Uzbekistan Airways 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar uchun aviachiptalarga 25% chegirma e`lon qildi'ning rasmi

Uzbekistan Airways 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan yuqori ayollar uchun turizm oyligi munosabati bilan 1 noyabrdan boshlab 30 noyabrga qadar amalga oshiriladigan barcha ichki aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun (K-klass va undan yuqori) aviachiptalarining amaldagi narxiga 25% chegirma taqdim etadi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma`lum qildi.

Unda aytilishicha, chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali yoki O`zbekistonda joylashgan aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Aviachipta sotib olayotganda pasport yoki ID karta bo`lishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar