1

Toshkentning Farobiy ko`chasidagi uy nima sababdan qulagani ma`lum qilindi

Jamiyat 27.10.2016, 14:13
Teglar: Fojia
Toshkentning Farobiy ko`chasidagi uy nima sababdan qulagani ma`lum qilindi

2016 yil 26 oktyabr kuni 11:30larda Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Farobiy ko`chasidagi qurilish ishlari olib borilayotgan 393b-sonli bino konstruksiyalarining to`satdan qulashi sodir bo`ldi

Yangi qurilayotgan uyning buzilishiga, katta ehtimol bilan beton qoplamaning me`yoridan ortiq bosimi sabab bo`lgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, erto`laga ega ikki qavatli bino shundoqqina ko`cha yoqasida («O`zbekiston» mahallasi) joylashgan bo`lib, unga savdo ob`ektlari va trenajyor zali (ikkinchi qavat)ni joylashtirish rejalashtirilgan.

Birinchi va ikkinchi qavat o`rtasidagi beton plitalar usti qurilish materiallar bilan to`ldirib tashlangan bo`lgan. Bundan tashqari, ular yangi emas edi, dedi axborot manbalari.

Og`irlikni ko`tara olmagan plitalar g`ishtli devorlar bilan birga qulab tushib, birinchi qavat va erto`la o`rtasini to`ldirgan.

Hodisa sodir bo`lgan vaqtda binoda 11 kishi bo`lgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, to`rt kishi qurbon bo`lgan (rasman uch kishi ekani xabar qilingan), yana bir kishining ahvoli og`ir.

Halok bo`lganlar orasida bino egasi ham bor, uning janozasi shu kunning o`zida o`tkazilgan. Uni tanigan mahalliy fuqarolardan biri u haqda ijobiy fikrlarni bildirdi: «U juda intiluvchan, doim izlanadigan inson edi. Endigina oyoqqa turgan, oldinda katta rejalari bor edi».

Halok bo`lganlar va jarohatlanganlar qutqaruvchilar kuchi bilan bino bo`laklari ostidan olindi. Ayni paytda hodisa joyida tozalash ishlari olib borilmoqda. Farobiy ko`chasi transport vositalari harakati uchun ochiq.


Sharhlar

To`yda 63 kishi qurbon bo`ldi

18.08.2019, 17:19

17 avgust kuni Afg`oniston poytaxtida bo`lib o`tgan to`y fojeali yakunldandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mahalliy telekanalga asosan.Portlash 17 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat...
​Peru poytaxtida sayyohlar mingan avtobus halokatga uchrab, 9 kishi halok bo`ldi

10.07.2017, 14:57

Peru poytaxtida sayyohlar mingan avtobus avtohalokatga uchrab, 9 kishi halok bo`ldi, 25 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri. Sayyohlar mingan ikki qavatli...
​Hindistonda yashin urishi oqibatida 26 kishi halok bo`ldi

10.07.2017, 12:37

Hindiston shimolida joylashgan Bixar shtatida yashin urishi oqibatida 26 kishi halok bo`ldi.Ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lganlar orasida ayollar va bolalar bor. 10 dan ortiq kishi jabrlandi.Hindistonda...
​XITOYDA KUChLI YoG`INGARChILIK TUFAYLI UYLARNI SUV YuVIB KETDI

10.07.2017, 11:54

Tibetda kuchli yog`ingarchilik oqibatida besh qavatli uyni suv yuvib ketdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.Ijtimoiy tarmoqlarda Tibetdagi besh qavatli uyni suv toshqini yuvib ketganligi aks...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1