AsosiyJamiyat

2 kun ichida rasmiylashtirilmagan radar jarimasini bekor qilish taklif etilmoqda

'2 kun ichida rasmiylashtirilmagan radar jarimasini bekor qilish taklif etilmoqda'ning rasmi

Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 271-moddasiga tegishli qo`shimchalarni kiritish taklif etilmoqda. 

Loyihaga ko`ra, mazkur modda 12 va 13-qismlar bilan to`ldirilib, unda:

- maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo`l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori yoki uni boshqargan shaxs to`g`risida ma`lumot mavjud bo`lmaganda;

- maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo`l harakati qoidalari buzilganliga doir ma`lumotlar jarima solish to`g`risidagi qarorni chiqarishga mas`ul bo`lgan vakolatli shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo`lsa, ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritishni boshlamaslik, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilanmoqda.

O`z navbatida MJtKning 17-1-moddasi ham 5-qism bilan to`ldiriladi. Unda «maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo`l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan paytdan e`tiboran 48 soat ichida yo`l harakati qoidalari buzilganliga doir ma`lumotlar jarima solish to`g`risidagi qarorni tuzishga vakolatli shaxsga yuborilmagan taqdirda ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holat deb topilishi va ma`muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatilishi» ko`zda tutilyapti.

    Boshqa yangiliklar