Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidagi svetofor yonib ketgani to`g`risida videodavha tarqaldi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berishicha, 17 oktyabr kuni soat 12:32da Yashnobod tumani “Navro`zobod” MFY, Oxangaron shoh ko`chasi, 21-uy qarshisida svetofor moslamasida yong`in kelib chiqqan.
Yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong`in joyiga 1 ta YoQE jalb qilinib joyiga tuman FVB rahbari va xodimlari chiqqan, deyiladi xabarda.






