1

Shifobaxsh yog`lar: yoshartiradi, saratonni oldini oladi, asablarni tinchlantiradi!

Salomatlik 27.10.2016, 14:51
Teglar: Salomatlik
Shifobaxsh  yog`lar: yoshartiradi, saratonni oldini oladi, asablarni tinchlantiradi!

Kungaboqar yog`i — E vitaminining asosiy manbai. Ateroskleroz kasalligidan himoyalaydi. Yana jigar, qon-tomirlari va asab tolalarini mustahkamlaydi.

Zaytun yog`i — o`simlik yog`lari ichida eng foydalisi sanaladi. Qon bosimini me`yorlashtirib, yurak hamda me`da-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Uni muntazam iste`mol qilish bilan ko`krak bezi saratonining oldini olish mumkin.

Zig`ir yog`i — homiladorlar taomida, albatta, bo`lgani ma`qul. Chunki uning tarkibida homila miyasi yaxshi rivojlanishini ta`minlaydigan “Omega-3” yog` kislotalari mavjud. Yana uni muntazam iste`mol qilish insult xavfini 40%ga kamaytirar ekan.

Paxta yog`i — ommabop va nisbatan arzon sanaladi. Foydali vitaminlarga boy. Oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi. 

Kunjut yog`i — shirin ta`mli ushbu yog` vitamin, kalsiy va rux moddasiga boy. Yurak qon-tomir tizimi va osteoporoz kasalliklariga davo hisoblanadi.

Qovoq urug`i yog`i — tarkibida oqsil, pektin va selen moddalari ko`p bo`lgani uchun buyrak kasalliklariga davo. Zaytun yog`i bilan qo`shilganida foydalilik jihati yanada oshadi.

Makkajo`xori yog`i — vitaminlarga boy. Me`da-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi, qon tarkibidagi xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.  

Kokos yog`i — ayollarni yoshartirishga yordam beradigan laurin kislotasiga boy. Yog`lilik darajasi yuqori. Sifati uzoq vaqt buzilmaydi.

Soya yog`i — hayvon oqsilining o`rnini bosuvchi yagona o`simlik yog`i sanaladi. Asab tizimi uchun munosib ozuqa. Mehnat faolligini oshirishda ham ayni muddao.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1