AsosiyDunyo

Qozog`iston Isroilni G`azo sektorida nomutanosib kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirdi

'Qozog`iston Isroilni G`azo sektorida nomutanosib kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirdi'ning rasmi

Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni imkon qadar tezroq harbiy harakatlarni to`xtatishga va tinchlikni ta`minlash bo`yicha sa`y-harakatlarni faollashtirishga chaqiradi.

Qozog`iston Isroilni G`azo sektorida ko`plab tinch aholining o`limiga va fuqarolik infratuzilmasi vayron bo`lishiga olib kelgan nomutanosib kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirdi.

Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligi birinchi marta Isroil-Falastin mojarosi yuzasidan yozma bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, Qozog`iston Hamasning Isroil tinch fuqarolariga qarshi hujumlari va asirlarni, jumladan xorijliklarni garovga olishini qoralaydi.

Falastin xalqining qonuniy huquqlarini ta`minlovchi BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyusiyalarini qo`llab-quvvatlash juda muhim, deyiladi bayonotda:

 “Zo`ravonlik zo`ravonlikni keltirib chiqaradi. Bu Yaqin Sharq va butun dunyo uchun fojiali oqibatlarga olib keladi”. “Qozog`iston G`azo aholisini evakuasiya qilish muddatini bekor qilishni va tinch aholi xavfsizligini to`liq ta`minlashni talab qilayotgan xalqaro hamjamiyat bilan birdamligini bildiradi”, — deyiladi bayonotda.

Qozog`iston tomonlarni imkon qadar tezroq harbiy harakatlarni to`xtatishga va “ikki xalq uchun ikki davlat” formulasi asosida mintaqa xalqlari uchun tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha sa`y-harakatlarni faollashtirishga chaqiradi.

 

    Boshqa yangiliklar