AsosiyJamiyat

G`azodagi Turk Do`stlik kasalxonasi faoliyatini to`xtatish arafasida

'G`azodagi Turk Do`stlik kasalxonasi faoliyatini to`xtatish arafasida'ning rasmi

Turk-Falastin do`stlik kasalxonasi G`azodagi saraton bilan og`rigan bemorlarga xizmat ko`rsatadigan yagona tibbiyot muassasasidir.

Kasalxonani to`xtatishiga elektr energiyasi va yoqilg`i etkazib berilmayotganligi sabab bo`lgan.

Shifoxona bosh shifokori Subxi Sukeyk Turk-Falastin do`stlik kasalxonasi G`azoda saraton kasalligiga chalingan bemorlarga xizmat ko`rsatuvchi yagona tibbiyot muassasasi ekanligini qayd etdi.

Shifokorning aytishicha, G`azoga elektr energiyasi va yoqilg`i etkazib berish to`xtatilganligi sababli shifoxonaning aksariyat qismi deyarli faoliyatini to`xtatgan.

Eslatib o`tamiz, 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi Al-Aqso to`foni operasiyasi boshlanganini e`lon qildi. G`azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Hamasning aytishicha, operasiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo`ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi G`azo sektorida HAMASga qarshi o`nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda “Temir qilichlar” operasiyasi boshlanganini e`lon qildi.

 

    Boshqa yangiliklar