AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo`rlagan Milliy gvardiyaning sobiq xodimi 15 yilga qamaldi

'Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo`rlagan Milliy gvardiyaning sobiq xodimi 15 yilga qamaldi'ning rasmi

Joriy yilning aprel oyida Toshkent viloyati "Qo`riqlash" bo`limi safdor xodimining 13 yoshli qizga nisbatan zo`ravonlik ishlatgani haqida xabar bergan edik.

Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. 

Oliy sud matbuot xizmati xabar qilishicha, erkakka nisbatan sud hukmi o`qilgan.

Qayd etilishicha, 2023 yil 18 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Bo`stonliq tuman sudida Sh. Sh. (1993 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan, Qibray tumani Qo`riqlash bo`limi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz bo`lgan) ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e`lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Bo`stonliq tuman sudining sudyasi J. Xojaev raisligida Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqildi.

E`lon qilingan sud hukmiga muvofiq Sh. Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida (O`n to`rt yoshga to`lmagan shaxsning nomusiga tegish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar