Toshkent viloyati Bekobod shahar IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida shu shaharda yashovchi 45 yoshli shubhali shaxs to`xtatib tekshirilganida, uning qo`lidagi sumkasidan to`rt kilogrammdan ziyod “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.





