Xabaringiz bor shu kunlarda Samarqand viloyati Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga mezbonlik qilmoqda. Kuni kecha tadbir doirasida Andijon viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda muz saroyi qurishga kelishib olindi. Memorandum Andijon viloyati hokimi Shuxratbek Abdurahmonov va "Hong Han" kompaniyasi Bosh direktori Zhang Tianliang o`rtasida imzolandi.
“Xabaringiz bo`lsa Xonabod shahri yopiq muhitli zona hisoblangan. Yurtboshimiz tashrifi chog`ida u erni aholiga ochib berish masalasini ilgari surgan edi.
Tashrifdan so`ng bu erda ochiq turizm shahrini bunyod o`tish bo`yicha topshiriq va vazifalar qo`yilgan. Borgan bo`lsangiz Xonabod faqatgina yozgi mavsum uchun ihtisoslashgan holda tashkil qilingandi, endi bizga yil davomida turistlarni jalb qilish bo`yicha vazifa berildi. Agar e`tibor bersangiz u erning havosi va iqlim sharoiti Shveysariya iqlimini tashkil qilgan, degan jumla ham ishlatilinadi.
Bu imzolangan memorandumimiz 20 million dollar qiymatiga ega ikkita (umumiy 40 million dallar) qiymatiga ega loyiha hisoblanadi. Bu loyihamizda muz saroyi qurilyapti, ikkinchi loyihamiz “Aqua park” bo`ladi.
Aholi uchun u erda madaniy hordiq olishi bilan birgalikda davolanish imkoniyatini yaratish, tibbiyot turizmini rivojlantirish fazifasi ham yuklatilgan. Bugun guvohi bo`ldingiz bu shartnoma imzolandi. Bu yaqin ikki yillik dastur, bir yilda yakunlash rejasi dastur qilib olindi. Bir yil davomida Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiramiz”, - deydi Andijon viloyati hokimining ijtimoiy kotibiyati mudiri Elyorbek Holmirzaev.






