Samarqand mezbonligida o`tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi davom etmoqda. Dunyoning 100 dan ortiq davlatlarining Turizm vaziri va vazir o`rinbosarlarini bir manzilda jamlagan ushbu tadbirda xorijliklar O`zbekiston turizm salohiyatini yuqori baholamoqda. Xususan, Ispaniya turizm davlat kotibi O`zbekiston bugun turizm sohasida dunyoga eshiklarini ochayotgani haqida gapirdi.
E`tiborlisi Rosa Ana Morillo Rodriguez tadbirga o`zbek adrasida tashrif buyurdi.
O`zbekiston-Niderlandiya do`stlik jamg`armasi raisi Dalya Altuntepe esa O`zbekistonda nafaqat Samarqand, balki boshqa viloyatlarning ham diqqatga sazovor joylari juda ko`pligi haqida gapirdi. Uning so`zlariga ko`ra O`zbekistonning diqqatga sazovor joylarini butun Evropa bo`ylab targ`ib etish rejasi bor.






