Samarqandda 36 yoshli erkak Isroil davlatida ishlayotgan turmush o`rtog`i bilan telefon orqali o`zaro janjallashish natijada jahl qilib, undan o`ch olish maqsadida 3 nafar voyaga etmagan farzandini (13, 12 va 10 yoshli, 2 ta qiz va 1 ta o`g`il) oshxona pichog`i bilan qasddan o`ldirgani haqida xabar bergan edik.
Shundan so`ng, u ushbu oshxona pichog`i bilan o`z tanasining chap ko`krak sohasiga bir marotaba urib o`ziga tan jarohati etkazgan, ammo tirik qolgan. Ushbu qotil otaning sudi bo`ldi.
Sudda ma`lum bo`lishicha, u bundan avval ham uch bora jinoyatga qo`l urgan.
Muqaddam tanlonchilik, avtohalokat, voyaga etmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilish bo`yicha jazolangan.
Endi esa uning qo`llari o`z norasida farzandlarining qoniga botdi.
Sud qarori bilan u Jinoyat kodeksining 97-moddasining tegishli bandlari bilan umrbod qamoqqa mahkum etildi.






