AsosiyJamiyat

Denovdagi gaz "zapravka"da ham metan, ham propan o`rnatgan "Jiguli" portlab ketdi. Ikki kishi vafot etgan

'Denovdagi gaz "zapravka"da ham metan, ham propan o`rnatgan "Jiguli" portlab ketdi. Ikki kishi vafot etgan'ning rasmi

Surxondaryoda sodir bo`lgan baxtsiz hodisa sabab ikki kishi halok bo`ldi, yana bir inson esa jarohatlangan. Bu haqda "darakchi.uz" manbasi xabar qilmoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, kecha, 19 oktyabr kuni soat 09:30larda Denov tumanidagi gaz "zaprvaka"da “Vaz 2106 Jiguli” rusumli avtomobilning yukxonasiga joylashtirilgan metan gaz ballonining yoniga qo`lbola usulda qo`shimcha ravishda o`rnatilgan propan gaz balloni bosimga bardosh bera olmaganligi oqibatida portlab ketgan.

Portlash oqibatida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, "Jiguli" haydovchisi esa tan-jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Vafot etganlarning biri "zapravka" ishchisi, ikkinchisi esa navbatda turgan haydovchilardan biri bo`lgan. 

Mazkur xolat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar