AsosiyJamiyat

Essiz “Iphone 15"lar! Farg`onada noqonuniy olib ketilayotgan qariyb 6 milliard so`mlik mobil telefonlar ushlab qolindi

'Essiz “Iphone 15"lar! Farg`onada noqonuniy olib ketilayotgan qariyb 6 milliard so`mlik mobil telefonlar ushlab qolindi'ning rasmi

Qiymati 6 milliard so`mga yaqin uyali aloqa vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yildi, deya xabar bermoqda Farg`hona viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “Farg`ona-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olindi. 

Namangan viloyatiga kirish  maskanida to`xtatilib ko`zdan kechirilganida avtotransport vositasining saloni va yukxonasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan dastlabki qiymati 5 mlrd. 788,9 mln. so`mlik jami 24 turdagi 550 ga yaqin  uyali aloqa vositalari,  shu jumladan “Iphone 15 Pro”, Iphone 15 Pro Max”, “Samsung galaxy S23 Ultra”, “ Samsung galaxy S23 FE” rusumidagi smartfonlar yashirilganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar