Anqarada Isroilning blokadadagi G`azo sektoridagi Al-Axri Baptistlar kasalxonasiga hujumiga qarshi norozilik namoyishi bo`lib o`tdi. Bu haqda "Anadolu" xabar qilmoqda.
Namoyishchilar Anqaradagi Isroil elchixonasi oldida to`planishdi. Turkiyadagi nodavlat tashkilotlar va siyosiy partiyalar vakillari Falastin anklavidagi kasalxonaga uyushtirilgan hujumga qarshi chiqishdi.
Namoyishchilar Isroilga qarshi shiorlar aytib, Falastin bayroqlarini ko`tardilar.
Isroilning G`azo sektoridagi Al-Ahli baptistlar kasalxonasini bombardimon qilishi natijasida qurbon bo`lganlar soni 1000 kishiga etdi.
Falastin prezidenti Mahmud Abbos G`azodagi shifoxona hujumi qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e`lon qildi.
Shuningdek kecha, Turkiyada ham Falastindagi minglab qurbonlar xotirasi uchun 3 kunlik motam e`lon qilindi.
Eslatib o`tamiz, 7 oktyabr kuni ertalab Xamasning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi Al-Aqso to`foni operasiyasi boshlanganini e`lon qildi. G`azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning aytishicha, operasiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo`ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G`azo sektorida XAMASga qarshi o`nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda “Temir qilichlar” operasiyasi boshlanganini e`lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 3000 falastinlik va 1300 isroillik, shuningdek, 13 jurnalist halok bo`ldi.





