AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pulli avtobanlar qurilishi rejalashtirilmoqda

'O`zbekistonda pulli avtobanlar qurilishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

"Toshkent-Andijon", "Toshkent-Samarqand" yo`nalishlari bo`yicha pulli yo`llarni va "Taxtaqoracha" dovonida pulli tonnelni qurish rejalashtirilgan.

Prezident tomonidan "Yo`l xo`jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaror imzolandi.

2025 yilda "Toshkent-Andijon", "Toshkent-Samarqand" yo`nalishlari bo`yicha pulli yo`llarni va "Taxtaqoracha" dovonida pulli tonnelni qurish rejalashtirilgan.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini yuqori tezlikda harakatlanishga oid xalqaro talablarga muvofiq loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hamda kelgusida ushbu yo`llarga muqobil yo`llar mavjud bo`lganda, "pulli yo`llar" toifasiga o`tkazish rejalashtirilmoqda.

2024 yil 1 yanvardan:

- avtomobil yo`llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan ob`ektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo`yicha kamida 3 yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi;

-  yilning harorat yuqori bo`lgan vaqtlarida avtomobil yo`llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o`rnatiladi;

- tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgacha bo`lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini ekspluatasiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi.

    Boshqa yangiliklar