AsosiyJamiyat

“Dok-1 Maks” sudida o`zbekistonlik mansabdor Hindistonning yana 11 ta dori vositasini qayta ro`yxatdan o`tkazish uchun 88 ming dollar so`ragani ma`lum bo`ldi

'“Dok-1 Maks” sudida o`zbekistonlik mansabdor Hindistonning yana 11 ta dori vositasini qayta ro`yxatdan o`tkazish uchun 88 ming dollar so`ragani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonda 65 nafar bolaning o`limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo`yicha bo`lib o`tayotgan sudning navbatdagi majlisida o`zbekistonlik amaldorlar hindistonlik yana bir ishlab chiqaruvchining 11 ta dori vositasini qayta ro`yxatdan o`tkazish uchun 88 ming dollar talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgani ma`lum qilindi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda. 

Guvohning ma`lumot berishicha, u pul masalasida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK rahbari o`rinbosari N.M. bilan muloqot qilgan. 

Uning qo`shimcha qilishicha, so`ralgan 88 ming dollarning 50 ming dollari mansabdorning yordamchisi orqali ish boshidan olingan. Qolgan miqdori esa ish bitganidan keyin olinishi haqida kelishilgan. Biroq, “Dok-1 Maks” mashmashalari boshlanib qolgani bois, 11 ta dorini ro`yxtadan o`tkazish to`xtab qolgan va va`da bajarilmagan. Olingan pul esa qaytarib berilgan.

Guvohning bildirishicha, u dorilarni qayta ro`xatdan o`tkazish uchun davlatga to`lanishi lozim bo`lgan har bir dori uchun 15 million so`mdan — 165 million so`m pulni ham to`lagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar