AsosiyJamiyat

Sergelidagi portlash oqibatida aholi xonadonlariga 14,5 mlrd so`mlik zarar etgani ma`lum bo`ldi

'Sergelidagi portlash oqibatida aholi xonadonlariga 14,5 mlrd so`mlik zarar etgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Sergelida ombor portlashi oqibatida uylardagi xonadonlarga etkazilgan umumiy zarar miqdori 14,5 mlrd so`mni tashkil etmoqda. Bu haqda Hukumat portalida ma`lumot berildi. 

Qayd etilishicha, favqulodda vaziyat oqibatida 39 ta ko`p qavatli uylardagi 1370 ta xonadon hamda 246 ta erli xonadonning fasad, oyna-rom, eshik va tom qismiga ziyon etkazilgan. Shuningdek, hududdagi 305-son umumta`lim maktabi (1250 o`rinli) va 600-son bog`chaning (720 o`rinli) deraza-romlari, eshik va fasad qismiga zarar etgan.

Hozirda ushbu ob`ektlarga pudrat tashkiloti biriktirilib, qurilish-ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar