Soliq to`lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko`rsatib o`tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.
Buning uchun hisobot shaklining “Qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi to`g`risida ma`lumot” bo`limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma`lumotlar avtomatik ravishda to`ldiriladi. Ko`k kataklarga quyidagilar qo`lda kiritilishi lozim:
- qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
- QQS salbiy farq summasini kelgusi to`lovlar uchun hisobga olish talabi;
- qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.
Soliq organlari murojaatlarni ma`lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko`rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to`lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.