Adizov Umidjon Hasanovich Xatirchi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Umidjon Adizov Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu paytga qadar Xatirchi tumaniga Nizomov Sayfiddin rahbarlik qilib kelayotgandi.
Shuningdek, Qiziltepa tumaniga Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich hokim etib tayinlandi.
Bekzod Bobomurodov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Qiziltepa tumaniga shu paytgacha Ulug`bek Fayziev hokimlik qilib kelayotgan edi