AsosiyJamiyat

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi administratori o`zbekistonlik o`quvchilar bilan uchrashdi

'AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi administratori o`zbekistonlik o`quvchilar bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegasiya Toshkent shahridagi 5-son maktabiga tashrif buyurdi.  Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi  xabar berdi.

Tashrif davomida Samanta Pauer ingliz tili darsida qatnashib, yangi metodikalar hamda USAID ko`magida yaratilgan yangi avlod ingliz tili darsliklaridan o`quvchilarning olgan tassurotlari bilan tanishdi.

Shuningdek o`quvchilar bilan suhbat jarayonida ularning qiziqishlari va kelajakda o`zlashtirmoqchi bo`lgan kasblari haqida suhbatlashdi.  

Tashrif yakunida Samanta Pauer kelgusida ham USAID tomonidan O`zbekistonda ta`lim islohotlari har tomonlama qo`lab-quvvatlanishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar