1

Sog`liq uchun foydali 7 ko`kat

Salomatlik 28.10.2016, 11:28
Teglar: Salomatlik
Sog`liq uchun foydali 7 ko`kat

KO`K PIYoZ ham A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, K, RR, xolin, temir, kaliy, kalsiy, magniy, mis, natriy, selen, rux va fosforni o`zida mujassamlashtirgan.  Bu esa virusli va infeksion kasalliklardan samarali himoya sanaladi.

YaLPIZ A, S vitaminlari guruhi hamda V9 vitamini, temir, kaliy, kalsiy, magniy, marganes, mis, natriy, rux, fosfor kabi mikro va makroelementlarga boy. U bo`g`im kasalliklardai, bosh og`riganida yaxshi davo sanaladi. Shuningdek, tinchlantiruvchi vosita hamdir.

PETRUShKA A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, H, K, RR vitaminlari, xolin, temir, kalsiy, kaliy, magniy, mis, natriy va fosforga boy manba. Qon bosimini me`yorga keltiradi, gastrit, jigar kasalliklarini davolaydi, milklarni mustahkamlaydi.

SELDER organizmni toksinlardan tozalaydi, ortiqcha vazndan xalos etadi. Chunki uning tarkibida A, V1, V2, V6, V9, S, E, K vitaminlari, temir, kaliy, kalsiy, magniy, natriy va fosfor mavjud.

RAYHONning tarkibidan ham barcha vitaminlar va makro va mikroelementlarni topasiz. Bu ko`katdan yo`talni, og`iz bo`shlig`i kasalliklarini davolash, jigarni tozalashda foydalaniladi.

ShIVIT o`zida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, RR vitaminlari, temir, kaliy, kalsiy, magniy, mis, marganes, natriy, rux va fosforni mujassamlashtirgan. Ovqat hazm qilish jarayonini, qon aylanishini yaxshilashda, organizmdagi shlak va safroni haydashda ishtirok etadi.

ISMALOQ — ozuqaviy moddalarga boyligi bo`yicha oshko`klar ichida birinchi o`rinda turadi.  Tarkibida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, H, PP, K vitaminlari, temir, kalsiy, magniy, natriy, fosfor, aminokislotalar va efir moyi mavjud. Ismaloq organizmni tiqinlardan tozalaydi. Ichak hamda qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi. 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1