AsosiyDunyo

Dunyodagi eng keksa it Portugaliyada 31 yoshida vafot etdi

'Dunyodagi eng keksa it Portugaliyada 31 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Dunyodagi eng keksa it sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Bobi Portugaliyada 31 yoshida vafot etdi. Bu haqda jahon rekordlar kitobi saytida e`lon qilingan xabarda aytiladi.

"Bobi 31 yilu 165 kun yashadi. U 21 oktyabr kuni Portugaliyaning Kokeyros qishlog`idagi uyida olamdan o`tdi va butun umri davomida Kosta oilasi bilan birga yashadi", - deyiladi xabarda.

Qo`riqchi iti 1992 yil 11 mayda tug`ilgan. Bobi shu yilning fevral oyida 30 yoshida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi. Uning zotidagi itlarning o`rtacha umr ko`rish 12 dan 14 yilgacha.

Rekordlar kitobiga ko`ra, bundan avval eng uzoq umr ko`rgan rekordchi Avstraliyaning janubi-g`arbiy qismida 29 yil yashagan.

    Boshqa yangiliklar