AsosiyJamiyat

Toshkentda katta tirbandlik yuzaga keldi. Transport vazirligi sababini ma`lum qildi

'Toshkentda katta tirbandlik yuzaga keldi. Transport vazirligi sababini ma`lum qildi'ning rasmi

​​Joriy yil 23 oktyabr kuni Toshkentda katta tirbandlik yuzaga keldi. Transport vazirligi holat bo`yicha izoh berdi.  

Ma`lum qilinishicha, shaharning bir nechta asosiy ko`chalarida olib borilayotgan qurilish ta`mirlash ishlari sababli harakat cheklanishi transport vositalari oqimining qayta taqsimlanishiga olib kelib, boshqa ko`chalardagi mavjud oqimga qo`shimcha yuklama hosil qildi.

Natijada shahardagi umumiy harakat tezligi, yig`ilib qolgan qo`shimcha oqim hisobiga keskin tushib ketdi. Bu holat esa o`z navbatida barcha ko`chalarda transport vositalari harakat tezligining pasayishiga olib keldi.

Ayni shu jihat Toshkent shahri jamoat transporti avtobuslar harakatiga ham salbiy ta`sir ko`rsatdi.

Xususan, Alisher Navoiy, Labzak, Sag`bon, Saqichmon, Mehrjon, Kichik halqa yo`li, 8-mart, Shota Rustaveli, Bobur, Oybek, Arnasoy, Istiqbol, Muqimiy-Nukus hamda Nurafshon aylanma ko`chalari orqali harakatlanuvchi 70 dan ortiq avtobus yo`nalishlarida kuning tig`iz paytida qatnov vaqti hamda oraliq interval vaqtlariga rioya etish imkoni bo`lmadi, vaziyatga izoh bergan vazirlik.

    Boshqa yangiliklar