AsosiyJamiyat

"Odam o`ldi, tez etib kelinglar". Toshkentda Xidirnazar Olloqulovning o`g`li IIB xodimlarini yolg`on xabar bilan chaqirdi (video)

'"Odam o`ldi, tez etib kelinglar". Toshkentda Xidirnazar Olloqulovning o`g`li IIB xodimlarini yolg`on xabar bilan chaqirdi (video)'ning rasmi

Xidirnazar Olloqulovning o`g`li Ichki ishlar xodimlariga yolg`on xabar berganlikda gumonlanib, qo`lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligining 02 tezkor raqamiga qo`ng`iroq qilgan shaxs Yunusobod tumanida odam o`ldirilganligi haqida xabar bergan. IIO xodimlari aytilgan manzilga etib borishganida, xabar yolg`on ekanligi, chaqiruv bergan fuqaroning o`zi esa spirtli ichimlik ta`sirida mast holatda ekani ma`lum bo`lgan. Fuqaro ichki ishlar xodimlarini haqorat qilib, ularning qonuniy talabiga buysunmay, qarshilik ko`rsatgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tergov harakatlar olib borilmoqda.

"Ichki ishlar organlariga jinoyat haqida yolg`on xabar berish javobgarlikka sabab bo`ladi"  - deyiladi IIBB xabarida. 

    Boshqa yangiliklar