AsosiyJamiyat

Din ishlari bo`yicha qo`mita ogohlantirish bilan chiqdi

'Din ishlari bo`yicha qo`mita ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Din ishlari bo`yicha qo`mita Umra tadbirlarini tashkil etish yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 8 avgustdagi 345-sonli “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida endilikda mamlakatimizda xususiy sektor tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish imkoniyati yaratilmoqda.

Unga ko`ra, turistik faoliyatni amalga oshirish lisenziyasi chiqish turizmi kichik turining “Umra” xizmatlarini ko`rsatish faoliyati bo`yicha quyidagi qo`shimcha lisenziya talablari va shartlari joriy etilmoqda:

  • 100 ming AQSh dollaridan kam bo`lmagan mablag`larni Turizm qo`mitasining Xavfsiz turizm jamg`armasiga zaxira qilib qo`yadi;
  • “Umra” xizmatlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida uning diniy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan mutaxassislarini tayinlaydi;
  • “Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperator shtatida diniy (islomiy) ta`lim yo`nalishlari bo`yicha respublika ta`lim muassasasi yoki O`zbekiston xalqaro islom akademiyasining tegishli bakalavriat ta`lim yo`nalishi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi bo`lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo`lishini ta`minlaydi;
  • “Umra” xizmatlarini voyaga etmagan fuqarolarga ko`rsatish ta`qiqlanadi;
  • “Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot o`rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.

2023 yil 1 oktyabrdan “Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etildi. Baholash tizimi Turizm qo`mitasining maxsus saytida e`lon qilib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, qarorda belgilangan qo`shimcha lisenziya talab va shartlari 2023 yil 1 noyabrdan qo`llaniladi.

Shu o`rinda, muhim bir jihatga e`tibor qaratish lozim:

  • - Mazkur qaror asosida endilikda faqat “Umra lisenziyasiga ega” bo`lgan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turistik tashkilot “Umra” tadbirlarini tashkil etadi.
  • - Umra faoliyatini 1 noyabrdan so`ng tashkil qilishni reklama qilayotgan har qanday “turfirma”ning lisenziyasi mavjudligini surishtirib olishingizni tavsiya qilamiz!
  • - Noqonuniy “turfirma” yoki “turagent”lardan ogoh bo`ling!

Eslatib o`tamiz! Turistik tashkilotlar tomonidan “Umra” tadbirlari yuqoridagi qaror ijrosini qat`iy ta`minlangan holda tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar