AsosiyJamiyat

Ertaga poytaxtning 3 ta tumanida gaz vaqtincha o`chiriladi

'Ertaga poytaxtning 3 ta tumanida gaz vaqtincha o`chiriladi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Mirobod, Yakkasaroy va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga 25 oktyabr kuni tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati xabar berdi.

Mirobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Yangi Mirobod, Baynalminal mahallalari.

— Aholi xonadonlari soni – 1476 ta;

— Ulgurji iste`molchilar soni – 34 ta;

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 18:00 gacha):

— “A. Qaxxor” MFYdagi 970 ta ko`p qavatli uylardagi xonadon, 320 ta erli xonadon;

— “Damariq” MFYdagi 920 ta ko`p qavatli uylardagi xonadon, 410 ta erli xonadon;

— “Bobur” MFYdagi 990 ta ko`p qavatli uylardagi xonadon.

Bektemir tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

—Ustozlar va Zabardast mahallalari;

— Aholi xonadonlari soni – 1375 ta;

— Ulgurji iste`molchilar soni – 25 ta.

    Boshqa yangiliklar