AsosiyJamiyat

Jizzaxda uyidan yashirin sex ochib, 372,1 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro qo`lga tushdi

'Jizzaxda uyidan yashirin sex ochib, 372,1 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan “O`zenergoinspeksiya” Jizzax hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Jizzax shahar “Shodlik” MFYda yashovchi O.Sh. o`z uyining yordamchi xo`jaligida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga o`g`rilik yo`li bilan ulanib, jami 372,1 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar