AsosiyJamiyat

Ijtimoiy nafaqa endi faqat ehtiyojmanlarga beriladi

'Ijtimoiy nafaqa endi faqat ehtiyojmanlarga beriladi'ning rasmi

So`nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda va mahallalarda “nega qo`shnim moliyaviy sharoiti menikidan yaxshiroq bo`lsada nafaqa pulini oladi, menga esa rad etiladi” degan mazmundagi shikoyatlarni ko`p uchratish mumkin.  

O`zbekistonda 2022 yilda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida nafaqa olganlarning 5,6% o`ziga to`q va 12,5% o`rta ahvoldagi oilalar ekanligi anqlangan. Shundan kelib chiqib 2022 yilda jami nafaqa oluvchi oilalarning 18,1% haqiqatda ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lmagan oilalar hisoblanadi.

O`z-o`zidan ikkinchi oilada “Nega sharoiti bir hil oilaga ikki hil qaralmoqda?”, “Kimdir bunga tayinlab bergan”, “Tayinlash uchun pul berish kerak” degan ma`noda norozilik va tizimga nisbatan ishonchsizlik tug`iladi.

Bunga asosiy sabab, nafaqa tayinlangandan keyin oilaning iqtisodiy ahvoli monitoring qilinmasdan, muddat yakuniga qadar to`lovni amalga oshirish hisoblanadi.

Shu kabi holatlarni oldini olish va jamiyatda uchrab turgan ijtimoiy adolatsizlik holatlarini bartaraf etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi orqali kam ta`minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo`yicha elektron ko`rinishda ariza berishni joriy etish to`g`risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.  

Ushbu qaror loyihasida ushbu kamchilikni echimini ko`rish mumkin. Ya`ni, oilaning iqtisodiy ahvoli avtomatik ravishda vazirlik va idoralardan olinadigan elektron ma`lumotlarga muvofiq har oyda monitoring qilib boriladi hamda iqtisodiy holati yaxshilangan oilalarga nafaqalarni to`xtatish amaliyoti joriy etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar