Yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023 yil 24-25 oktyabr kunlari ayrim avtobus yo`nalishlari harakatiga o`zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati xabar qilmoqda. Jumladan:
- 56-sonli “Tarixteshar mahallasi – Chorsu savdo markazi” avtobus yo`nalishining harakati bir tomonlama Furqat va A.Navoiy ko`chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali Chorsu savdo markaziga chapga harakatlangan holda o`zgartiriladi;
- 60-sonli “Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM” avtobus yo`nalishining harakati ikki tomonlama Shaxrisabz ko`chasidan A.Temur, I.Karimov ko`chalari orqali o`zgartiriladi;
- 95-sonli “Yunusobod 15-dahasi – Aviasozlar AShB” avtobus yo`nalishining harakati ikki tomonlama Parkent, Kichik halqa yo`li, Katta Darxon, Oqqo`rg`on, Osiyo ko`chalari orqali o`zgartiriladi;
- 16-sonli “Navro`z bozori – Toshkent vokzali” avtobus yo`nalishining harakati Navro`z bozoridan TTZ AShBgacha uzaytiriladi;
- 103-sonli “Do`mbirabod mavzesi – Chorsu savdo markazi” avtobus yo`nalishining harakati Do`mbirabod mavzesidan Chilonzor buyum bozori AShBgacha uzaytiriladi;
- 148-sonli “Mirishkor mahallasi – Toshkent vokzali” avtobus yo`nalishining harakati Mirishkor mahallasidan Olmos mahallasi hududigacha uzaytiriladi.






