JSSTning navbatdagi hisobotiga ko`ra, shu yil boshidan buyon 31 mamlakatda vabo epidemiyasi qayd etildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
“Ko`rsatkichlar yil sayin oshib borayotgani xavotirli. Masalan, o`tgan yili vaboga chalinish holatlari 2021 yilga nisbatan ikki baravar ko`paygan edi. Bu yil esa vaziyat yanada yomon", — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.
Hozir epidemiya o`choqlarining katta qismi Afrika mamlakatlari hududiga to`g`ri keladi. Xalqaro ekspertlarning prognoz qilishicha, kelgusida yillik kasallanishlar soni 1,3 milliondan 4 millionga etishi mumkin.






