Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, bunday sharoitda befarq bo`lib, “kun o`tsa bo`ldi” qabilida ish tutadigan rahbarlar eng katta dushman ekanini qayd etdi.
“Mamlakatimiz, xalqimiz tinchligi, farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, ish o`rinlari, yangi bozorlar, investisiya, katta-katta tushumlar kerak”, - dedi Prezident.
Hokim va vazirlar asosiy hamkor davlatlar bozoridagi tebranishlar, savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qaerga va qanday sotish kerak, qaysi korxonaga qanday ko`mak berish zarur, degan masalalar ustida bosh qotirishi shartligi ko`rsatib o`tildi.
25.10.2023 14:50
Shavkat Mirziyoev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig`ilishi boshlandi






