Prezident Yig`ilishda viloyatda o`tkazilgan o`rganishlar natijasida aniqlangan muammo va imkoniyatlar echimlari bilan ko`rib chiqdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kelgusi yilda viloyatga 1 milliard dollar to`g`ridan-to`g`ri investisiya jalb qilish zaminini hozirdan yaratish lozimligi qayd etildi.
Jumladan, Dehqonobod, Kitob va Qarshi tumanlaridagi sanoat zonalarida bo`sh turgan 100 gektar erlarga tadbirkorlar 300 million dollar investisiya kiritib, 3,5 mingta ish o`rni yaratish tashabbusi bilan chiqqan.
Shu kabi, Qarshi shahri va Kitobda ishlatilmayotgan paxta terminallarida sanoat texnoparkini tashkil qilib, kamida 5 mingta doimiy ish o`rni yaratish imkoniyati bor.
Go`sht, sut, meva-sabzavotni qayta ishlash sohasida 50 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish topshirildi.
Qozon shahrida imzolangan 337 million dollarlik 21 ta loyiha va O`zbekiston-Xitoy biznes forumida kelishilgan 352 million dollarlik 20 ta loyihani yakuniga etkazish vazifasi qo`yildi.
25.10.2023 15:05
Prezident kelgusi yilda viloyatda go`sht, sut, meva-sabzavotni qayta ishlash sohasida 50 million dollarlik loyihalarni ishga tushirishni topshirdi






