Yig`ilishda Shahrisabz aeroportida fuqaro aviasiyasi yo`lga qo`yilishi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
1 yanvardan boshlab Shahrisabz aeroportiga yangi ATR samolyoti parvozlari yo`lga qo`yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko`paytiriladi. Toshkent-Qarshi yo`nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi.
Natijada, aviachiptalar narxi 2 barobar arzonlashadi, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi esa 3 barobar ko`payadi.
Mutasaddilarga “Taxtaqoracha” dovonidan o`tish talablarini engillashtirish topshirildi.
Kelgusi yilda “Taxtaqoracha” dovonida yangi tonnel va yo`l qurish loyihasi boshlanadi. Xitoylik investorlar bilan birga Samarqand bilan Shahrisabzni bog`lovchi 30 kilometr yo`lni ta`mirlash ishlari boshlanadi.
Shuningdek, “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo`lining Qashqadaryodan o`tgan 100 kilometr qismini ta`mirlashga 122,5 million dollar jalb qilinadi.
Umuman, kelgusi yilda xorijiy sayyohlarni 500 mingtaga etkazish vazifasi qo`yildi.
25.10.2023 15:41
1 yanvardan boshlab Shahrisabz aeroportiga yangi ATR samolyoti parvozlari yo`lga qo`yiladi






