AsosiyJamiyat

Qarshi shahridan tashqari boshqa birorta tumanda IT markazlar faoliyati yo`lga qo`yilmagan — Prezident

'Qarshi shahridan tashqari boshqa birorta tumanda IT markazlar faoliyati yo`lga qo`yilmagan — Prezident'ning rasmi

Yig`ilishda viloyat yoshlari bilan ishlash masalasi ham muhokama qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

So`nggi yillarda viloyatda yangi paydo bo`lgan elektrotexnika, oziq-ovqat va qurilish materiallari kabi sohalar uchun kadrlar tayyorlash yaxshi yo`lga qo`yilmagani ko`rsatib o`tildi.

Masalan, Qarshi shahridan tashqari boshqa birorta tumanda IT markazlar faoliyati yo`lga qo`yilmagan. Vaholanki, 60 ta kollejda bo`sh turgan 28 ming kvadrat metr maydonda ham ishlab chiqarish, ham amaliy ta`limni yo`lga qo`ysa bo`ladi.

Ana shunday bo`sh turgan bino negizida kitoblik tadbirkor IT klaster va universitet ochish tashabbusi bilan chiqqan. Prezident bu taklifni ma`qulladi.

Viloyat va tuman hokimlariga har bir tumandagi ish beruvchilarning o`rta bo`g`in mutaxassislariga ehtiyojini aniqlash, kollej va texnikumlar yil davomida qaysi kasb bo`yicha nechta mutaxassis tayyorlashi lozimligini belgilab berish hamda ta`lim muassasalarida ish beruvchilarning amaliy ustaxonasi va sexlarini ochish topshirildi.

Bu ishlarga 30 milliard so`m ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar