Joriy yilning 25-26 oktyabr kunlari Bishkek shahrida (Qirg`iz Respublikasi) Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi va Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishlari bo`lib o`tadi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegasiyasi mazkur yig`ilishlarda ishtirok etadi.
Bishkek shahridagi tadbirlar doirasida ikki va ko`p tomonlama uchrashuvlar o`tkazilishi ham ko`zda tutilgan.






