AsosiyJamiyat

Ertangi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

'Ertangi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi'ning rasmi

O`zgidromet ertangi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Unga ko`ra: 

TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13° iliq, kunduzi 18-20° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq; Xorazm viloyatida kechasi 7-12° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin; baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar