So`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholidan isitish mavsumi boshlanishi bilan bog`liq bir-biriga qarama-qarshi fikrlar ko`paymoqda.
Shahar hokimligining ma`lum qilishicha, mavsum Gidrometeorologiya xizmati agentligidan tavsiya olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi.
“Isitish mavsumining boshlanishi jiddiy jarayon bo`lib, biz bunga bor mas`uliyatimiz bilan yondashamiz.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyuldagi «Kommunal xizmatlar ko`rsatish qoidalarini tasdiqlash to`g`risida»gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o`rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo`lgan 5 kunlik davr tamom bo`lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo`lganda esa tamomlanishi kerak.
Toshkent shahri aholisidan vaziyatga to`g`ri baho berib, sabr qilishlarini so`raymiz hamda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini ma`lum qilamiz", deyiladi xabarda.