Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 4,1 mln nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yo`qlash maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurgan.
O`zbekistonga 9 oyda qarindoshlarni yo`qlash maqsadida eng ko`p tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni:
Tojikiston – 1 444,8 ming nafar
Qirg`iz R – 1 171,2 ming nafar
Qozog`iston – 995,5 ming nafar
Rossiya – 366 ming nafar
Turkiya – 36,4 ming nafar
Turkmaniston – 5,8 ming nafar
Janubiy Koreya – 5,7 ming nafar
Ukraina – 5 ming nafar
Ozarbayjon – 4,9 ming nafar
Belarus R. – 4,8 ming nafar






